Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Amerikaliklarga Iroqni tark etishga ko‘rsatma berildi

Amerikaliklarga Iroqni tark etishga ko‘rsatma berildi

AQSh davlat departamenti operativ ishlarda ishlamaydigan barcha amerikalik davlat xizmatchilarining Iroqni tark etishiga ko‘rsatma berdi. Bu haqda AQShning Iroqdagi elchixonasi ma’lum qildi.

Xususan, Bag‘doddagi elchixona va Erbildagi konsullik xodimlari ham Iroqni tark etadi. Viza xizmatlari esa vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Avvalroq AQSh Quroli kuchlari bosh qo‘mondonligi Eron tomonidan ehtimoliy tahdid ortgani munosabati bilan Iroq va Suriyada trevoga darajasini oshirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi kunlarda AQSh va Eron o‘rtasidagi taranglik kuchayib bormoqda. Kuni kecha AQSh Eronga qarshilik ko‘rsatish maqsadida Yaqin Sharqqa 120 ming askar jo‘natishi haqida xabar tarqaldi, biroq prezident Donald Tramp bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 21:15 15.05.2019. O'qildi: 1608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!