Pew Research Center ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda AQShda milliy axborot tashkilotlariga axborot manbai sifatida ishonch pasaygan. Bu asosan respublikachilar partiyasi tarafdorlarining ishonchsizligi bilan bog‘liq. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, hozirda Respublikachilar ijtimoiy tarmoqlardan keladigan ma’lumotlarga milliy ommaviy axborot vositalaridagi kabi deyarli bir xil darajada ishonadi.
Demokratlar va mustaqil demokratik yo‘nalishdagilar orasida so‘ralganlarning 38 foizi ijtimoiy tarmoqlardan keladigan ma’lumotlarga, 78 foizi esa milliy ommaviy axborot vositalariga ma’lum darajada ishonch bildirgan.
Har ikki siyosiy yo‘nalishda ham mahalliy ommaviy axborot vositalariga nisbatan yuqori darajadagi ishonch saqlanib qolmoqda. Respublikachilarning uchdan ikki qismi (66 foizi) 2024 yilda mahalliy yangilik manbalaridan olingan ma’lumotlarga ishonishlarini aytishgan, ammo bu ko‘rsatkich ham 2016 yildan beri pasaygan (-13 foiz).
Demokratik partiya tarafdorlarining 83 foizi mahalliy ommaviy axborot vositalariga ishonishlarini bildirgan (2016 yilga nisbatan 2 foiz kamroq).