Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Amerikalik qo‘shiqchi klip tasvirga olish paytida tasodifan o‘zini-o‘zi otib qo‘ydi

Amerikalik qo‘shiqchi klip tasvirga olish paytida tasodifan o‘zini-o‘zi otib qo‘ydi

Amerikalik qo‘shiqchi Jastin Karter bema’ni tasodif bilan o‘z musiqiy videoklipida o‘lgan, deb yozadi Korrespondent.net , deydi oxo.uz . 35 yoshli ijodkor o‘zi bilan cho‘ntagida to‘pponcha olib yurgan, u o‘qlangan holda bo‘lgan. Kutilmaganda otilib ketgan va o‘q uning boshiga tekkan.

Marhumning onasi so‘zlariga ko‘ra, otilgan o‘q uning ko‘z qirrasiga tegdi. O‘q uzilishi oqibati o‘lim bilan yakunlandi.

U juda mehribon va ajoyib inson edi , deydi Karterning onasi Sindi Makellan.

Hayotligida qo‘shiqchi kantri va rok-n-roll janrida musiqa ijro etgan. U o‘z faoliyatini boshlaganida, tanqidchilar uning uchun ajoyib kelajakni bashorat qilgan. Yaqinda, ijodkor AQSh bo‘ylab gastrol safari rejalashtirgan edi.

Kiritildi: 07:21 23.03.2019. O'qildi: 2553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!