Amerikaning Merilend shtatiga qarashli Chevi Cheyz shahrida yashovchi bu ayol azaldan lotereya o‘yinlari fanati hisoblanadi. Lekin hech qachon katta pul yutmagandi. Shu gal ikki karra lotereya o‘ynadi-yu, ketma-ketiga bosh sovrin hisoblanmish 50 ming dollardan pul yutdi.
Albatta, buncha yutuq 58 yoshli ayol uchun afsonaviy hisoblanadi. Ayniqsa, u o‘tgan yildan beri dengiz sayohatiga otlanishni rejalashtirib kelardi. Ammo pul masalasida qiynalardi. Mana, endi bemalol kruizga yo‘l olsa ham bo‘ladi. Shunda ham pullarning yarmi ortib qoladi.
Manba: zamin.uz