Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Amerikada yaratilgan robot-assistent Ostonada beshta murakkab amaliyot o‘tkazdi

A A A
Amerikada yaratilgan robot-assistent Ostonada beshta murakkab amaliyot o‘tkazdi

Qozog‘istonda akademik N.D.Batpenov nomli travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi shifokorlari Rossiyalik biomuhandislar bilan birga robot-assistent yordamida bo‘g‘imni almashtirish bo‘yicha beshta murakkab tibbiy amaliyot o‘tkazdi, deb yozdi “Qozog‘iston haqiqati”.

Shifokorlar aytishicha, bemorlar artrozning so‘nggi bosqichida paydo bo‘ladigan, harakatlanish qiyin, hatto imkonsiz bo‘lgan bo‘g‘imdagi og‘riq va zo‘riqishdan aziyat chekkan.

Mazkur opreasiyalar uchun atayin Amerikada ishlab chiqarilgan noyob robotlashtirilgan tizim olib kelindi. Shikastlangan sohani 3D skanerlash orqali robot xirurg bilan birga barcha parametrlarni matematik aniqlikda hisoblab, yasama azo o‘rnatdi.

– Robot texnikasi yasama a’zoni ma’lum burchak ostida o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan benuqson kesishni amalga oshira oladi, – deydi endoprotezlash bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Kayrat Ashimov. – Implant mukammal o‘rnatilganda amaliyot vaqtida shikastlanish va asorat rivojlanishi xavfi kamayadi, og‘riq tezda o‘tib ketadi, bo‘g‘imdagi harakat amlitudasi oshadi. Bu jarayon bemorda og‘riq hissini kamaytirish hamda tayanch-harakat tizimi qobiliyati tiklanishi muddatini qisqartirishga yordam beradi.

Endoprotezlash bo‘g‘imni sun’iy implantga almashtirish bo‘yicha dunyoda eng ko‘p tarqalgan amaliyotlardan biridir.

Kiritildi: 01:00 06.12.2023. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!