Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Amerikada o‘qishni istaysizmi?

A A A
Amerikada o‘qishni istaysizmi?

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi tomonidan “Amerikada tahsil” deb nomlangan taqdimot o‘tkazildi. Tadbirda AQShda o‘qishga qiziquvchi yoshlar, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdi. 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi o‘rtasida imzolangan 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan memorandumda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda AQSh ta’lim tizimi haqida ma’lumotlar berildi. 
Tadbirda so‘z olgan Michigan universiteti o‘qituvchilari Amerikada ta’limning o‘ziga xosligi, Amerika oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirayotgan chet elliklarga bo‘lgan talablar va kirish imtihonlari uchun zarur bo‘lgan TOEFL testini muvaffaqiyatli topshirish haqida gapirib berdi. 
Taqdimotda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari va shartlari, xorijiy davlatlar ta’lim tizimi, u yerda ta’limni tugatgach, istiqboldagi imkoniyatlar bilan tanishtiruvchi suhbatlar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. AQShda tahsil olish istagida bo‘lganlar barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan buklet va tarqatma materiallarga ega bo‘ldi. 
Suhbat davomida ishtirokchilarga AQSh oliy ta’lim tizimi, abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar, kerakli hujjatlar va ularni topshirish muddati, AQSh oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish narxlari haqida so‘z bordi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

O‘zA

Kiritildi: 04:55 24.05.2018. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!