Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Amerika shifoxonalaridan birida 16 nafar hamshira bir vaqtda homilador bo‘ldi

Amerika shifoxonalaridan birida 16 nafar hamshira bir vaqtda homilador bo‘ldi

Amerikaning Arizona shtati shifoxonasida 16 nafar hamshira homilador bo‘lganligini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Muassasa xodimlari bir vaqtda ona bo‘lishga kelishib olmaganligini ta’kidlamoqda. Barcha hamshiralarning tug‘ruq jarayoni shu yilning oktyabridan 2019 yilning yanvarigacha bo‘lib o‘tishi lozim. Ularning barchasi 12 haftalik dekret ta’tiliga jo‘natiladi. Shifoxona ma’muriyati xodimlarining vaqtinchalik ketishiga anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rayotganligini ta’kidladi.

Hamshiralar bir qancha majburiyatlar: kimyoviy terapiyalar o‘tkazish va sil kasaliga chalingan bemorlar bilan ishlashdan ozod etilgan.

Ayollar ularga tushlikka birga borish yoqishini ma’lum qilgan. Homilador xodimlar uchun kafeteriy menyuni kengaytirgan: unga sho‘r bodring va zaytun qo‘shilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:46 20.08.2018. O'qildi: 2528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!