Shimoliy Koreya Amerika josus samolyotiga javoban qiruvchi samolyotlarini uchirdi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya harbiylari AQSh razvedka samolyoti ularning sharqiy qirg‘oq yaqinidagi iqtisodiy zonasiga bostirib kirganidan keyin samolyotlarni havoga ko‘targan. Koreya xalq armiyasi bosh shtabi nomi oshkor etilmagan vakilining so‘zlariga ko‘ra, 17-avgust, payshanba kuni “xavfli harbiy provokasiya” sodir bo‘lgan va hozirda Pxenyan “kelajakda shu kabi hodisalarga javob choralarini ko‘rmoqda”.