Amerikalik mashhur aktyor Bill Kosbi jinsiy zo‘rlashda ayblangani uchun 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bundan tashqari, u 25 ming AQSh dollari miqdorida jarima ham to‘laydigan bo‘ldi. Bu qaror AQShning Pensilvaniya shtatiing sudi tomonidan chiqarildi.
Aktyor 2004 yilda Andrea Kostandni jinsiy zo‘rlashda va uning hayotiga tajovuz qilishda aybdor deb topilgan. Bu mashmashalar o‘tgan yildan buyon davom etib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Bill joriy yilning aprel oyidan buyon uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.
Ta’kidlash joizki, 1937 yilda tug‘ilgan aktyor o‘zinining ijodiy faoliyatini o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlagan edi. “Amerika otasi” serialida bergan ovozi esa uni yanada mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Manba: qalampir.uz