Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Amerika futboli yulduzi sport tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi

Amerika futboli yulduzi sport tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi

Kanzas-Siti milliy futbol ligasining asosiy divizion o‘yinchisi Patrik Maxoums klub bilan o‘n yillik shartnomasini yangiladi.

BBC xabariga ko‘ra, klub yulduzining shartnomaviy qiymati 503 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu professional sport tarixidagi rekord qiymatdir.

24 yoshli futbolchining Kanzas-Siti bilan yangi shartnomasi kelasi yildan kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, kelishuv summasi bo‘yicha Maxoums 2019 yilda Los-Anjeles klubi bilan 426,5 million dollarga 12 yillik shartnoma imzolagan amerikalik beysbol o‘yinchisi Mayk Trautdan o‘tib ketgan.

Patrik Maxoums "Kanzas Siti" da 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda.

2020 yilda Kanzas Siti San-Fransiskoda “Super Bowl” finalida g‘olib chiqib, Milliy Futbol Ligasi chempioniga aylandi. Maxoums esa final uchrashuvidagi eng qimmat o‘yinchi deb tan olindi.

 

Kiritildi: 20:47 07.07.2020. O'qildi: 3692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!