Qarzdor shaxsga kredit qarzdorligini to‘lab qo‘yishi zarurligi haqida Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirish berilgan edi. Biroq, qarzdor o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarmadi va belgilangan muddatlarda to‘lovlarni amalga oshirmadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 04.01.2026 yilda chiqarilgan ijro hujjatiga muvofiq, SH.M.dan undiruvchi “Aloqabank” ATB foydasiga jami 368,5 million so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilandi. Shuningdek, qarzdor tomonidan majburiyat bajarilmagan taqdirda undiruv uning turar-joyiga qaratilishi qayd etildi.
Ijro hujjati talablari ijrosi ta’minlanishi uchun boshqarma xodimlari qarzdorga yana bir bor rasmiy ravishda ogohlantirish berdi. Ammo u baribir qarzini to‘lashdan bo‘yin tovladi.
Shu sababli, qonunchilik talablariga muvofiq, javobgarga tegishli bo‘lgan Shahrixon tumani, Shahrixonlik mahallasidagi ko‘p qavatli turar-joy xonadoni xatlandi.
Hozirda mazkur xonadon 409 million so‘m boshlang‘ich qiymatda elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Savdolarda har bir fuqaro belgilangan tartibda ishtirok etishi mumkin.
Fuqarolar kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi, ortiqcha yo‘qotishlar va uy-joy kabi muhim mulklarini auksionga chiqarilishidan saqlaydi.