Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Allohga qasamki, bu bola Allohdan, bizdan ko‘ra ko‘proq qo‘rqar ekan”

“Allohga qasamki, bu bola Allohdan, bizdan ko‘ra ko‘proq qo‘rqar ekan”

Imom Abu Hanifa rohimahulloh bir necha kishi bilan masjidga ketayotgan edilar. Bir yosh bola tahorat qilayotib, qattiq yig‘lab o‘tirganini, ko‘z yoshlari daryoga tushayotganini ko‘rib qolishdi. Abu Hanifa buning sababini bolakaydan so‘radilar. Shunda bola: Meni tinch qo‘ying, imom dedi. Lekin imom qattiq so‘rab turib olgan edilar, bola Kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan, o‘tini odamlar va toshlardan bo‘lgan do‘zaxdan qo‘rqinglar oyatini o‘qidi ( Baqara surasi, 24-oyat).

Shunda imom: To‘g‘ri aytding! Lekin sen hali yosh bolasan-ku, bu oyat sen kabi yosh bolalarga aytilmagan-ku , dedilar. Bola: Ey imom! Axir olov yoqmoqchi bo‘lsak, katta o‘tin solishdan oldin kichiklarini solib yoqamiz-ku?! dedi. Shunda Abu Hanifa rohimahulloh yonidagilarga: Allohga qasamki, bu bola Allohdan, bizdan ko‘ra ko‘proq qo‘rqar ekan , dedilar.

Arabicuz telegram kanali

Kiritildi: 15:33 10.01.2019. O'qildi: 2004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!