Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Allohga yetishishning yo‘li va bir noyob usul

A A A
Allohga yetishishning yo‘li va bir noyob usul

Hazrat Junayd Bag‘dodiy rahmatullohi alayh aytadilar: «Allohning yo‘lida yurishlik uchun shu narsa zarurki, bir qo‘lda Allohning kitobi bo‘lsin va ikkinchi qo‘lda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari bo‘lsin. Bu ikkisi orqali banda Allohga yetisha oladi».

Boyazid Bistomiy rahmatullohi alayh aytadilar:

الطرق إلى الله بعدد أنفاس الخلائق

Ya’ni: "Allohga yetishishning yo‘llari xaloyiqning nafaslari adadichadir". Biroq, Allohga yetishishning barcha eshiklari yopilgandir. Faqatgina bir eshik ochiqdir va u Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashishlik eshigidir. Ya’ni, kimki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashsa, aynan o‘sha Allohga yetishadi.

Hazrat Mavlono Shoh Fazlurrohman rahmatullohi alayh aytadilar: «Keling, biz sizga bir noyob usulni aytib beraylik. U shuki, biz nima ish qilsak ham, unda sunnatga diqqat qilaylik. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari deb bilib, qachonki, taom yesak, u holda cho‘kkalab o‘tirib yoki bir oyoqni ko‘tarib (tizzani bukib) yeylik. Xuddi shundoq uxlash uchun yotsak, o‘ng yonbosh tarafga qarab yotaylik, bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridir. Ayni shunday har ishni qalbda bu Allohning Habibining sunnati deb hozir qilib qilaylik. Bir necha kun shunday qilib olsin, shunda u komil valiy bo‘lib ketishiga, men mas’ulman. فاتبعوني

"Bas, menga ergashing"ning ma’nosi aynan shudir.

("Aslaaf ki taalibe ilmaana zindagi." kitobidan. 207-bet.)

Abdulqayyum KOMIL tarjimasi

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:51 04.09.2018. O'qildi: 3389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik