Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Allohdan qo‘rqqan boshqadan qo‘rqmaydi

Allohdan qo‘rqqan boshqadan qo‘rqmaydi

Inson fitratida qo‘rquv hissi mavjud. Hayoti davomida inson ko‘pgina qo‘rquvlarni orttirib oladi. Asosan, biron narsani yaxshi ko‘rish va uni yo‘qotib qo‘yish yoki o‘ziga zarar yetib qolishi ortidan qo‘rquv hissi kelib chiqadi.

Qo‘rquvning salbiy tomonlari ham ko‘p. U insonni xotirjamligini o‘g‘irlaydi, ko‘p ishlarni qilishdan to‘sib qoladi. Lekin shunday qo‘rquv ham borki, u faqat yaxshilikka xizmat qiladi va inson qalbidan boshqa qo‘rquvlarni chiqarib tashlaydi. Bu Allohdan qo‘rqishdir. Inson O‘z Yaratuvchisini tanisa va Undan qo‘rqsa, U buyurgandek hayot kechiradi. O‘zini yomon ishlardan saqlaydi.

Butun borliq ixtiyori faqat Allohning iznida ekanini bilish, yaxshilik ham yomonlik ham faqat Allohdan ekanini va hammasi oxir oqibat yaxshilikka xizmat qilishini his qilish inson qalbiga xotirjamlik bag‘ishlaydi. Bunday inson esa hech narsadan qo‘rqmay qoladi.

Qudratulloh Ahmad

Kiritildi: 15:30 13.10.2019. O'qildi: 3233 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!