Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

“Alkogolning sog‘liqqa foydasi – bo‘lmagan gap”

A A A
“Alkogolning sog‘liqqa foydasi – bo‘lmagan gap”

Alkogol haqidagi yangi tadqiqot spirtli ichimliklarning sog‘liq uchun foydali miqdori yo‘qligini ko‘rsatdi.

Nufuzli Lancet tibbiyot jurnalining yozishicha, har yil dunyoda alkogol tufayli 2,8 million kishi vafot etadi. Erkaklar o‘limining 7 foizi, ayollar o‘limining 2 foizi aynan spirtli ichimliklar iste’moli bilan bog‘liq ekan. 15-49 yoshdagilarning o‘limiga asosiy sabablardan biri alkogoldir.

Avvallari ma’lum miqdordagi alkogol sog‘liq uchun foydali ekani aytilgan bo‘lsa-da, yangi tadqiqotda alkogolning zararlari bu foydani chippakka chiqarishi ta’kidlandi.

1990-2016 yillarda amalga oshirilgan yuzlab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga bir qadah spirtli ichimlik iste’mol qilish saraton, diabet va sil xavfini 0,5 foizga, ikki qadah ichkilik esa 7 foizga, besh qadahi 5 foizga oshiradi. 

“Kuniga bir-ikki qadah ichkilik sog‘liq uchun foydali degan gap afsonadan boshqa narsa emas”, – deydi tadqiqotda qatnashgan doktor Emmanuela Gakidu.

Kiritildi: 18:29 24.08.2018. O'qildi: 4570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik