Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi komissiyasining tarkibiga kirdi

Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi komissiyasining tarkibiga kirdi

Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi komissiyasi tarkibiga kirdi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Alisher Usmonov «Olimpiya kanali» komissiyasining a’zosi bo‘ldi. Umuman olganda, Xalqaro olimpiya qo‘mitasida 26ta doimiy va vaqtinchalik komissiya bor.

O‘tgan yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2020 yilgi Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari dasturiga erkaklar va ayollar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy musobaqalarni kiritishga qaror qildi.

Usmonov ushbu qarorni muhim ahamiyatga ega, deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan barcha qilichbozlar uchun endi teng huquqlar yaratildi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 14:24 11.08.2018. O'qildi: 1286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!