Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Alisher Usmonov Namanganda osmono‘par bino quradi

Alisher Usmonov Namanganda osmono‘par bino quradi

Xabaringiz bor, Namangan shahrida “Doing business with Namangan – 2019” investision forumi bo‘lib o‘tyapti. 

Qalampir.uz muxbiri Akbar Jiyanovning voqea joyidan xabar qilishicha, forumni kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi.

“Ushbu forumning barcha ishtirokchilariga hush kelibsiz deyman. Forum ilk marotaba o‘tmoqda va bu oxirgisi bo‘lib qolmaydi. Namangan yurtimizning iqtisodiy jihatdan rivojlangan, shuningdek agrar sohasdagi yetakchi viloyatlardan biridir. O‘ylaymanki, har bir investor kelgusida ushbu hududda faoliyat yuritadi. Buning uchun barcha imkoniyat va imtiyozlar yetarlicha, omad tilayman”, dedi Aziz Abduhakimov. 

Shuningdek, forumda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham so‘zga chiqdi. 

“Viloyatimizda 150 ta qo‘shma korxona faoliyat olib bormoqda. Biz Koreya, Xitoy, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Germaniya va boshqa ko‘plab davlatlar bilan hamkorlikda ish yurityapmiz”, dedi Xayrullo Bozorov.

Hokim namanganlik tadbirkorlarni tashqi biznes dunyosi bilan bog‘lash uchun viloyat hokimiyati tomonidan tashkil etilgan madeinnamangan.uz virtual maydonchasini taqdim etdi.

“Namangan zamini, xorijda katta muvaffaqiyatlarga erishgan o‘z farzandlari bilan doim faxrlanadi. Yana xursandchilik bilan shuni e’lon qilishni istardimki, yaqinda Namangan shahrida Alisher Burhonovich Usmonovning ko‘magi bilan 18 qavatli biznes markazi hamda Kongress-xoll quriladi. Umid qilamizki, keyingi, 2020 yilgi “Doing business with Namangan” xalqaro investision forumini aynan o‘sha joyda o‘tkazamiz”, dedi viloyat hokimi Hayrullo Bozorov.

Eslatib o‘tamiz, “Doing business with Namangan – 2019” investision forumi 7-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:35 07.06.2019. O'qildi: 3207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!