Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Alisher Usmonov: Musulmon odam bunday qilmaydi

Alisher Usmonov: Musulmon odam bunday qilmaydi

Eng boy ishbilarmonlardan biri Alisher Usmonov Islom dinida zaharli moddalarni sotish va ishlatish taqiqlangani bois tamaki biznesi bilan shug‘ullanmasligini aytdi

“Inson salomatligiga xavf soladi”

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, 90 yillarning boshida musulmon odam tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanmasligi kerakligini tushungan. Chunki bu “inson salomatligiga xavf soladi”.  

“Zahar sotmayman”

“Musulmon sifatida zahar sotmasligim lozim. Tamaki biznesi men uchun mavjud emas”, deydi milliarder.

“O‘zbek ekanligimdan faxrlanaman”

“Men o‘zbek ekanligimdan g‘ururlanishimni bir necha bor aytganman. Bu mening ona yurtim ekanligidan faxrlanaman. O‘zbekiston uchun foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsani bajarishga tayyorman. Istalgan va xohlagan vaqtda”, dedi Usmonov.

Qayd etish lozim, Tatariston nashri Rossiyaning katta ta’sirga ega musulmonlari ro‘yxatini tuzganligi va ushbu ro‘yxatdan joy olganlar orasida kelib chiqishi o‘zbekistonlik millioner Alisher Usmonov 6-o‘rinni egallaganligi haqida xabar berilgan edi, deydi "togri.uz"

Kiritildi: 07:45 15.09.2019. O'qildi: 12322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!