Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Alisher Qodirov: "Bu – biz emasmiz"

Alisher Qodirov: "Bu – biz emasmiz"

Hokimiyatning yagona manbasi insonlardir. Ularning haq-huquqlari kafolatlanishi jamiyatning xotirjamligi va taraqqiyotini ta’minlaydi. Inson huquqini ta’minlash mohiyatan har qanday hokimiyatning fundamental vazifasi bo‘lishi kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi ma’ruzasida mazmunan shu fikrni ta’kidladi. Hatto hayvonni kamsitishni ta’qiqlagan dinga e’tiqod qiluvchi xalqni insonga azob berish, qiynoqqa solish, bola yoki ayolni tahqirlashdek muammosi bo‘lishi mumkinmi?

Afsuski, so‘nggi yuz-yuz ellik yilda ma’rifatni rad etish, tarbiyani unutish, minglab yillarda qilingan qanoatlardan voz kechish oqibatida o‘zini tanimaydigan xalq bo‘lib qoldik. Besh yoshidan muqaddas kitoblarni yod olgan Buxoriy va Navoiylarimizning qo‘lidagi kitobini otib yuborib chang bosgan paxta dalasiga haydab soldik. Ilm-ma’rifat tarqatuvchisi o‘qituvchilikni eng haqir kasbga aylantirib, oyoqosti qilib, ko‘cha tozalatdik.

Hozir esa, chumoliga ozor berishni gunoh deb bilgan xalq ichida inson joniga azob berishdan zavqlanadiganlar, onasining roziligisiz ikki dunyosining kuyib ketishiga e’tiqod qiladigan xalq ichida ayolni tahqirlashdan g‘ururlanadiganlar, “tirnoqqa zorlik”ni qarg‘ish deb biladigan xalq ichida bolani xo‘rlaydiganlarni ko‘rib hayron bo‘lib o‘tiribmiz.

Bu biz emasmiz.

Prezidentimiz har imkoniyatda jahon hamjamiyatiga O‘zbekistonda uyg‘onish davri boshlanganini, o‘zbek xalqi o‘zligiga qaytish islohotlarini boshidan kechirayotganligini, mashaqqatli o‘zgarishlar davrida hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashidan umid qilayotganini ta’kidlash bilan birga so‘z erkinligini taraqqiyotning voz kechib bo‘lmas sharti sifatida e’tirof etmoqda. Bu juda chuqur ma’noli va mazmunli e’tirof. O‘zbek xalqi so‘z erkinligini chuqur anglaydigan, uni adolatni oyoqosti qilish emas, balki himoya qilish uchun foydalanadigan xalqdir. Aynan shu ma’noda qadriyatlari tiklanayotgan yangi O‘zbekistonda insonni qadrlash va so‘z erkinligini ta’minlashda yo‘l ko‘rsatuvchi emas, vaqt kerak xolos.

 

Alisher QODIROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari,

“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi rahbari

Kiritildi: 11:44 23.02.2021. O'qildi: 3146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!