Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“Alisher Navoiy” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tmoqda

A A A
“Alisher Navoiy” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun soat 18:00da Aliblar xiyobonida Kinematografiya agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda “SPECTRE” studiyasi tomonidan suratga olingan «Alisher Navoiy» hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Kinokartina o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiyning shaxsiga bo‘lgan qarashlarda yangicha yondashuv asosida ishlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olingan. "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri.

Ssenariy muallifi va kinokartinada boshlovchi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Shahzod Muhammadiyev.

Kiritildi: 19:05 11.09.2021. O'qildi: 2550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik