Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Alibaba" Bo‘ydoqlar kunida ilk 85 soniya ichida $1 mlrd daromad oldi

"Alibaba" Bo‘ydoqlar kunida ilk 85 soniya ichida $1 mlrd daromad oldi

SHANXAY, Xitoy – Xitoyning "Alibaba" kompaniyasi Bo‘ydoqlar kuniga bag‘ishlangan sotuvlarning ilk 85 soniyasida 1 mlrd AQSh dollari miqdorida daromad oldi. Kun yakunida kompaniya daromadi 30,7 mlrd AQSh dollariga yetdi va ushbu kun tarixidagi rekordni yangiladi, deya xabar bermoqda "Reuters".

Bu yilgi daromadlar o‘tgan yilgiga nisbatan 21,7 foizga ko‘proq.

"Bu yil 200 mlrd yuanga erishdik. Ammo biz o‘zgarishimiz kerak va o‘zgarishda davom etib, 300 yoki 500 mlrd yuanga erishishimiz lozim", – dedi "Alibaba" bosh direktori Deniyel Chjan.

Ma’lumotlarga qaraganda, kun davomida aksariyat xaridorlar "Apple" kompaniyasi mahsulotlarini sotib olishdi. Keyingi o‘rinlardan "Huawei" va "Xiaomi" mobil telefonlari joy oldi.

Bundan tashqari, bu yilgi chegirmalar kunida 180 ta brend ishtirok etdi. O‘tgan yili esa 140 ta brend qatnashgandi.

Bo‘ydoqlar kuni – Xitoyda 10 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan bo‘ydoqlarga bag‘ishlangan kun bo‘lishidan tashqari, eng yirik onlayn xaridlar kuni ham hisoblanadi. Bu kun Amerika va Yevropadagi "Black Friday" va "Cyber Monday" turkumidagi chegirmalar kuni hisoblanadi.

Manba: turon24. uz

Kiritildi: 18:40 12.11.2018. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!