Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ali Dai: "Rekordimni aynan Ronaldu takrorlaganidan xursandman"

Ali Dai: "Rekordimni aynan Ronaldu takrorlaganidan xursandman"

Terma jamoalar safida urilgan gollar bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan eronlik Ali Dai Krishtianu Ronalduning Fransiyaga qarshi dubli (2: 2) haqida fikr bildirdi.

Ushbu gollar portugaliyalikni Dai bilan tenglashtirdi. Endi ularning hisobida xalqaro maydonda 109 ta gol mavjud.

«Ronalduni tabriklayman, u eng ko‘p gol urish bo‘yicha xalqaro rekordimni yangilashiga bitta gol qoldi.

Ushbu ajoyib yutuq Ronalduni - buyuk chempion va butun dunyo bo‘ylab odamlarga ilhom beradigan va hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan insonga tegishli bo‘lishidan faxrlanaman", deb yozdi Dai instagramdagi sahifasida.

Ronaldu 27 iyun kuni Belgiya bilan Yevro-2020 1/8 finalida Dai rekordini yangilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 09:13 24.06.2021. O'qildi: 2384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!