Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Aleksey Navalniy 30 kunlik hibsdan so‘ng ozod qilindi

Aleksey Navalniy 30 kunlik hibsdan so‘ng ozod qilindi

Muxolifatchi Aleksey Navalniy 27 iyul kuni norozilik namoyishiga chaqirgani uchun ma’muriy hibsda saqlanayotgan Moskva Markaziy Ichki Ishlar Boshqarmasining 1-sonli maxsus tergov hibsxonasidan ozod qilindi. Bu haqda Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish o‘z “Tvitter”ida xabar berdi.

24 iyul kuni Simonovskiy sudi Navalniyni 30 kunlik ma’muriy hibsga oldi. U ommaviy tadbirni tashkil qilish yoki o‘tkazish uchun belgilangan tartibni takroran buzganlikda aybdor deb topildi. 30 iyul kuni Moskva shahar sudi ushbu qarorni qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, hibsga olinish paytida, ya’ni 28 iyul kuni Navalniy sog‘lig‘idagi shikoyatlari tufayli 64-sonli shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Ertasi kuni muxolifat hibsxonaga qaytarilgandi.

 

 

Kiritildi: 23:05 23.08.2019. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!