Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Albinizm — qanday kasallik?

Albinizm — qanday kasallik?

Teri rangi sutday oq, ba’zida ota-onasiniki bilan bir xil yoki jigarrang bo‘ladi. Ba’zi albinoslarda ultrabinafsha nurlanish ta’sirida tanada qora dog‘lar hosil qiladi.

Sochlar, qosh va kirpiklar. Odatda rangsiz yoki oq rangga ega, ammo afrikaliklarda yoki osiyoliklarda ular sariq, qizg‘ish yoki jigarrang bo‘lishi mumkin. Ba’zida suv sochlarning rangini o‘zgartiradi.

Ko‘z. Pigment yetishmasligi tufayli ular odatda och ko‘k rang, shaffof bo‘ladi. Odatda, ko‘zning rangi kulrangdan jigarranggacha o‘zgarib turadi.

Melanin yetishmasligi tufayli albinos ultrabinafsha nurlanishiga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun albinizmning asosiy asoratlari terining shikastlanishi va ko‘rish bilan bog‘liq.

Bolalik paytidayoq albinoslar yorug‘likdan qo‘rqish va undan qochishni boshlashadi. Ko‘z ichki qobig‘i retina bundan zarar ko‘radi va natijada ko‘rish qobiliyati tushib ketadi.  

Albinizm nasliy kasallik bo‘lgani uchun uni davolash imkonsiz. 

Manba: «Sog‘lom hayot» 

Kiritildi: 14:42 06.01.2021. O'qildi: 16838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!