Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Al Hilol»da koronavirus yuqtirib olgan futbolchilar soni 8 nafarga yetdi

«Al Hilol»da koronavirus yuqtirib olgan futbolchilar soni 8 nafarga yetdi

Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi koronavirus aniqlanishi holati bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, «Paxtakor»ga qarshi o‘yindan bir kun o‘tib futbolchilar topshirgan tahlil natijalarida Ar-Riyod klubining ikki yetakchisi Sebastian Jovinko va Salim Ad-Dovsari koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan.

Endi ushbu futbolchilar kamida 14 kunga alohida nazoratga olinadi. Ular nafaqat guruh bosqichining qolgan ikki o‘yini balki guruhdan chiqqan taqdirda pley-off bahslarini ham o‘tkazib yuborishadi.

Bunga qadar «Al Hilol»ning 6 nafar futbolchisi va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyida Covid-19 infeksiyasi aniqlangan edi.

«Paxtakor»ga qarshi o‘yinda (0:0) «Al Hilol» zaxira o‘rindig‘ida 5 nafar o‘yinchi qolgach, kuni kecha klub safiga Saudiyadan yana 5 nafar yosh futbolchilar kelib qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, OCHL 5-turidan keyin «Al Hilol» 10 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. OCHLning amaldagi g‘olibi keyingi ikkita bahsda «Shahri Xudro‘» va «Shabob Al Ahli»ga qarshi yoshartirilgan tarkibi bilan maydonga tushishga majbur bo‘ladi.

Kiritildi: 15:33 20.09.2020. O'qildi: 1823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!