Bugun 29 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Aktau yaqinidagi halokat yuzasidan tergovga Braziliya ham qo‘shildi

Aktau yaqinidagi halokat yuzasidan tergovga Braziliya ham qo‘shildi

Braziliya harbiy-havo kuchlari tergovchilari Ozarbayjon samolyotining qulashi sabablarini aniqlashda ishtirok etadi. Bu haqda “Report” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular Qozog‘iston rasmiylari tomonidan olib borilayotgan tergovga texnik yordam ko‘rsatadi.

Shuningdek, Braziliya Ozarbayjon havo yo‘llarining Embraer 190 samolyoti halokatini tergov qilishda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga o‘z harbiy-havo kuchlaridan uch nafar tergovchini jo‘natgan.

Xabarga ko‘ra, braziliyalik tergovchilar Qozog‘iston rasmiylari tomonidan sanoatda “13-ilova” yuridik nomi bilan mashhur bo‘lgan xalqaro qoidalar asosida olib borilayotgan tergovga texnik yordam ko‘rsatadi.

Qozog‘istonning “Lada” agentligi xabar berishicha, Ozarbayjon vakillari, jumladan, Fuqaro aviasiyasi davlat agentligi va Ozarbayjon havo yo‘llari (AZAL) delegatlari Aqtau yaqinidagi aviahalokatni o‘rganish uchun yetib borgan. Xabarda aytilishicha, samolyot ishlab chiqaruvchi Embraer va Braziliyaning CENIPA aviahalokatlarini tekshirish va oldini olish markazi mutaxassislari ham tergovga qo‘shilgan.

Kiritildi: 15:42 27.12.2024. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!