Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan F.S. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 850 quti “Esse Change” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini 68,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT “M.M.”ning savdo do‘koni sotuvchisi xaridorga “Esse Change” va “Parliament” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan sotuvga qo‘yilgan 129 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 198 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:51 26.06.2024. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!