Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Akmal Burxonov: "2021 yilgacha rasmiy va noorasmiy monopolistlar hukmronligiga barham beriladi"

Akmal Burxonov: "2021 yilgacha rasmiy va noorasmiy monopolistlar hukmronligiga barham beriladi"

Ayni damda, fuqarolar orasida ma’lum noroziliklarga sabab bo‘layotgan muammolar siyosiy partiyalar ishtirokida o‘tkazilayotgan debatlarda keng muhokama qilinmoqda.

Kuni-kecha O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “Mening yurtim” (My5), “Sevimli” va “Milliy” telekanallari hamkorligida tashkil qilingan debatda markaziy nashrlar jurnalistlaridan biri siyosiy partiya vakiliga mavjud rasmiy va norasmiy monopoliyalar faoliyatini nazoratga olish bo‘yicha qanday ishlar qilinayotgani haqida savol berdi.

Adolat SDP vakili Akmal Burxonov partiya bu borada jiddiy ishga kirishgani, xususan mazkur masala saylovoldi dasturiga kiritilgani va yaqin 2 yil ichida turli iqtisodiy, ijtimoiy to‘siqlar yaratib, rivojlanishni orqaga sudrayotgan monopolistik yakka hokimlik kayfiyatiga barham berish bo‘yicha muhim ishlar bajarilishini aytdi.

Kiritildi: 19:29 17.11.2019. O'qildi: 2389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!