Rejissyor harbiy drama janrida yangi film suratga olmoqda.
Yangi kinokartinada Seydulla Moldaxanov, Karim Mirhodiyev, Lola Eltoyeva, Isoq To‘rayev kabi ustoz san’atkorlar bilan bir qatorda, Shahzoda Matchonova, Bahora Arslonova, Shohruh Hamdamov kabi yosh iste’dod egalarining ijrosidan bahramand bo‘lishimiz mumkin. Suratga olish jarayonlari yurtimizning turli hududlarida, xususan, aksariyat qismi tog‘li hududlarda bo‘lib o‘tmoqda. Bugun sizlarga film s’yomka jarayonidan suratlarni taqdim etamiz.
Manba: myday.uz