Kecha Prezident “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik liseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Unga ko‘ra:
👉 Akademik lsiyeylarda umumta’lim fanlari soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soati oshiriladi hamda ularning ulushi kamida 50 foizga yetkaziladi.
👉 Ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida OTMlarning turdosh ta’lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlar akademik liseylar o‘quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikasiya qilinadi.
👉 Akademik liseylarda o‘qish davrida unifikasiya qilingan fanlarni o‘zlashtirgan, oliy ta’lim muassasalarida talabalikka qabul qilingan ta’lim oluvchilar uchun ushbu fanlarni o‘zlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
👉 akademik liseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
👉 Kelgusi o‘quv yilidan boshlab akademik liseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olishda Davlat test markazi tomonidan tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlab beruvchi test sinovlari o‘tkaziladi.