Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ajrashishning bahosi...

A A A
Ajrashishning bahosi...

Ismi-sharifi sir tutilayotgan omsklik 61 yoshli erkak sobiq xotiniga yetti marotaba o‘tkir tig‘ jarohati yetkazdi va o‘zi polisiya mahkamasiga borib jinoyatini bo‘yniga oldi.

Bu fojia kuni kecha sodir bo‘ldi. Omskdagi kvartirasida erkak yolg‘iz edi. 36 yoshli xotini bilan 12 yil birga yashashgan. Birgalikda ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazishgan. Lekin yaqinda bir-birlariga bo‘lgan muhabbat, mehr olovi o‘chganini his etishdi. Va maslahatlashib ajrashishga qaror qilishdi. Er-xotin bir-biridan ayro holatda ikki hafta yashadi xolos. Ayol shu muddat ichida tushundiki, baribir ajrashmasa bo‘lmas ekan. Erkak esa aksincha oilasini yo‘qotmasligi kerakligi, usiz yashay olmasligini anglab yetdi. Aksiga olgandek, xotini kirib keldi va ajrashishdan gap ochdi. Erkakka bu gaplar sira yoqib tushmagandi. Oralarida janjal chiqdi. Shu payt ayol jahl ustida stol ustidagi pichoqni qo‘liga oldi-yu, sobiq eriga tashlandi. Ayol, baribir, ayol-da! Kuchi yetmadi. Erkak uning qo‘lini qayirib pichoqni olib qo‘ydi va iblis yetagida ayolning qorniga tig‘ sanchdi. Ojiza polga quladi. Erkak esa cho‘kkalab olgan ko‘yi yana olti marta sobiq xotiniga tig‘ jarohatlari yetkazdi. Ayol shu yerning o‘zida vafot etdi. Qotil birpas nima qilishni bilmay turdi-da, oxiri polisiyaga o‘zi borib jinoyatini bo‘yniga olishga ahd qildi.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ajrashish balosi tufayli aqlini yo‘qotgan birgina omsklik erkak emas. Moskva viloyatida ham Margarita Grachyova degan ayolning eri ajrashishga qarshiligini tig‘ ishlatish yo‘li bilan isbotlagan. U xotinining qo‘l barmoqlarini bittalab kesib olgandi.

life. ru

Kiritildi: 20:47 01.06.2018. O'qildi: 1798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik