Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Aholisi yo‘qolib borayotgan mamlakatlar ko‘rsatildi

Aholisi yo‘qolib borayotgan mamlakatlar ko‘rsatildi

2022 yil noyabr oyida dunyo aholi soni 8 milliarddan oshganiga qaramay, bu o‘sish sekinlashmoqda. Biroq, bu pasayishlar butun dunyo bo‘ylab teng emas - ba’zi mamlakatlarda yuqori o‘sish kuzatilsa, boshqalari pasayishni boshdan kechirmoqda.

Dunyo bo‘ylab 236 ta mamlakat va hududlar tahlil qilinganda 40 ta davlatda aholi soni kamayishi, ba’zilarida esa yiliga 1 foizga yoki undan ko‘proqqa qisqarishi kuzatilgan.

Ma’lumotlar AQSh hukumatining Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan nashr etilgan «World Factbook» kitobining bir qismi sifatida to‘plangan.

«Bu pasayish namunasi asosan tug‘ilishning doimiy pastligi va ba’zi hollarda o‘ta pastligi bilan bog‘liq, ayniqsa Yevropa va Sharqiy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida», deydi Tomas Sobotka, Vitgenshteyn nomidagi demografiya va global inson kapitali markazi tadqiqotchisi va Vena demografiya instituti direktorining o‘rinbosari.

«Aholisi keskin kamayib borayotgan mamlakatlarda tug‘ilish darajasi past, chet elga ketish yuqori. Ayniqsa, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida intensiv imigrasiya va tug‘ilishning doimiy pastligi uyg‘unligi tufayli ularning aholisi tez qisqarib bordi».

Markaziy razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholisi eng tez qisqarayotgan mamlakatlar va hududlar quyidagilar:

  • Kuk orollari
  • Sent-Per va Mikelon
  • Puerto-Riko
  • Latviya
  • Litva
  • Polsha
  • Ruminiya
  • Estoniya
  • Mikroneziya Federativ Shtatlari
Kiritildi: 18:36 24.08.2024. O'qildi: 27415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!