Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishmoqda.

Xususan, Qonunchilik palatasi deputatlari Shuhrat Sharafutdinov hamda Mavluda Ibragimovalarning Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi aholi bilan o‘tkazgan uchrashuvlari qizg‘in kechdi.

Uchrashuvda dastlab qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi 5 ta ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsadning mazmun-mohiyati, ayniqsa, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ayollar bandligini ta’minlashga oid ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, “mahalladagi yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani joylarda aholi muammolarini samarali hal etish imkonini berayotgani, aholi bilan ishlashning bunday tartibi davlat organlari va aholi o‘rtasida o‘zaro yaqinlikni hamda ishonchli hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqayotgani alohida qayd etildi.

Muloqotlarda saylovchilarning fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi. Shu bilan birga, aniqlangan ayrim masalalar yechimi nazoratga olindi.

Hududdagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Kiritildi: 14:48 18.04.2024. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!