Navoiy viloyatidan tashqari mamlakatning barcha hududlarida sovuq suv va kanalizasiya uchun to‘lovlar joriy yilning may oyidan e’tiboran oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining narxlar statistikasi boshqarmasi xabar qilishicha, aholi uchun xizmatlar may oyi davomida o‘rtacha 2,1 foizga ko‘tarildi. Bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishiga 0,5 foiz darajada ta’sir etdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Xizmatlar sohasidagi iste’mol narxlari indeksiga asosiy ta’sir omillari sifatida quyidagi tariflarga o‘zgarishi natijasida yuzaga keldi:
Navoiy viloyatidan tashqari mamlakatning barcha hududlarida sovuq suv va kanalizasiya uchun to‘lovlar joriy yilning may oyidan e’tiboran oshirildi. Navoiy viloyatida ushbu soha bo‘yicha narxlar mart oyida oshirilgandi.
Narxlarning sezilarli darajada qimmatlashishi Toshkent shahri (22,4 foiz) va Qashqadaryo viloyatida (20,4 foiz) kuzatilgan bo‘lib, narxlarning birmuncha past sur’atlarda o‘sishi esa Sirdaryo (7,0 foiz) hamda Namangan (7,4 foiz) viloyatlari hududida qayd etilgan.
Shu yilning may oyidan boshlab aholi uchun issiq suv hamda issiqlik ta’minoti tariflarida yangi narxlarning joriy qilinishi hududlardagi issiqlik yetkazib beruvchi tashkilotlarning «Issiqlik manbai» korxonalari bilan deklarasiya asosidagi yangi shartnoma narxlarining kuchga kiritilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Issiq suv hamda issiqlik ta’minoti narxlarining eng yuqori sur’atlarda oshishi Jizzax
(mos ravishda 34,6 foiz va 34,5 foiz) hamda Xorazm viloyatlari (ikkita tarif 22,7 foiz) hududida qayd etildi. Narxlarning aksincha, past sur’atlarda o‘sish holati Samarqand viloyatida kuzatilgan (issiq suv hamda issiqlik ta’minoti narxlari 4,3 foizga qimmatlagan). Navoiy viloyatida esa narxlar 2018 yilning mart oyida oshirilgandi.
Aholi uchun uy-joy kommunal to‘lov tariflari oy davomida o‘rtacha 2,3 foizga oshdi.
XUJMSh to‘lovlari mamlakatimizning olti hududida oshganligini qayd etilgan bo‘lib, bu sohada narxlarning sezilarli darajada qimmatlashganligi Surxondaryo viloyatida 1,7 barobar, Sirdaryo viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich bor yo‘g‘i 1,8 foizni tashkil etgan.