Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Agrotadqiqotlar natijalarini chop etish masalalari muhokama qilindi

Agrotadqiqotlar natijalarini chop etish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 15 aprel kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xalqaro tashkilotlar reytingi ro‘yxatiga kiritish maqsadida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlarga “Scopus” va "Web of Science" ma’lumotlar bazasida indekslanadigan jurnallarda maqolalar chop etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Unda Ilm-fan, innovasiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi mas’ullari, vazirlik tizimidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalaridan Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektorlar, 120 nafar professor-o‘qituvchilar, 80 nafar ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningda “Scopus” va "Veb of Sciyence" ma’lumotlar bazasi, indekslanadigan jurnallada maqola chop etish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, seminarda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlarga kelgusida ilmiy ishlar natijalarini xalqaro darajadagi jurnallarda chop etish bo‘yicha zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 12:52 16.04.2024. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!