Kecha, 30 sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan edi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonini Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bevosita joyidan boshqarib borgan.