Kursk yo‘nalishida tinimsiz bosimni his qilgan Moskva frontning boshqa qismlaridagi kuchlarni ko‘chirishda davom etishi mumkin. Hozirda Rossiya Qurolli Kuchlari Kursk viloyatiga Xerson, Zaporoje yo‘nalishlari va Qrimdan bir qancha harbiy qismlarini jalb qildi, biroq ruslar Donetsk viloyatidagi hududlarni egallab olishda davom etmoqda.
Gazetaning yozishicha, Rossiya Donbass yo‘nalishini ustuvor deb biladi va Kurskni himoya qilish uchun u yerdagi bo‘linmalarni olib chiqishga shoshilmayapti. Ukraina Qurolli Kuchlari dron va raketa hujumlari natijasida Qrimning havo mudofaasi zaiflashib borayotganligi va Qora dengiz flotining undan chiqib ketishidan ham foydalanishi mumkin. Jurnalistlar Kiyevning navbatdagi nishoni Qrim va Kerch ko‘prigi bo‘lishini istisno qilishmayapti.