Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Agar Baydenga yaqin doiralar shunday qaror qabul qilsa, u prezidentlik poygasidan chiqishi mumkin — Axios

Agar Baydenga yaqin doiralar shunday qaror qabul qilsa, u prezidentlik poygasidan chiqishi mumkin — Axios

Nashrning Baydenga yaqin manbalarga tayanib yozishicha, AQShning amaldagi rahbarining harakatlariga uning rafiqasi Jill, singlisi Valeri, do‘sti va maslahatchisi Ted Kaufman hamda Oq uydagi yordamchilarining bir qismi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu shaxslar o‘nlab yillar davomida Baydenning hayoti va prezidentligidagi barcha katta va kichik qarorlarga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazgan.

Baydenning maslahatchilari vise-prezident Kamala Harrisning Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lishi ehtimoli haqida o‘ylashmoqda. Biroq ular Baydenning Trampni yengish imkoniyati Harrisnikidan ko‘ra ko‘proq ekanligiga ishonishadi, deb yozadi Axios.

Kiritildi: 22:10 29.06.2024. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!