Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Afsus! Koronavirusga chalingan ayol hayotdan ko‘z yumdi

A A A
Afsus! Koronavirusga chalingan ayol hayotdan ko‘z yumdi

Ukrainada Konotop markaziy tuman kasalxonasida koronavirus bo‘yicha tezkor tekshiruvi ijobiy natija bergan ayol vafot etdi, deb xabar beradi hokimlik feysbukdagi sahifasida.

Avvalroq, Sumi viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning birinchi holati qayd etilgani, 76 yoshli ayol kasal bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Bugun Konotop tumanida yashovchi, koronavirusga chalingan ayol Konotop markaziy tuman kasalxonasida vafot etdi. Ayolning o‘limi sabablari aniqlanadi, chunki tezkor test natijalari dastlabki hisoblanadi va yakuniy tashxis qo‘yish uchun asos bo‘lmaydi. To‘liq tekshiruvdan so‘nggina o‘lim sababi haqida gapirish mumkin bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada 136 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, ulardan to‘rttasi halokatli, bitta bemor tuzalib ketgan.
 

Kiritildi: 02:18 26.03.2020. O'qildi: 18017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!