Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Afsus! Koronavirusdan o‘lgan namanganlik onaxonning dafn marosimida oila a’zolari qatnasha olmagan (VIDEO)

Afsus! Koronavirusdan o‘lgan namanganlik onaxonning dafn marosimida oila a’zolari qatnasha olmagan (VIDEO)

O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etgan ayol haqida yangi tafsilotlar e’lon qilindi.

Namangan viloyati hokimi mahalliy televideniya orqali chiqishi vaqtida viloyatdagi koronavirus bo‘yicha ahvol hamda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol o‘limi haqida batafsil to‘xtalgan.

"Viloyatimizda koronavirusga chalinganlar soni oltitani tashkil qilmoqda, - dedi afsus bilan Xayrulla Nazarov. - Turkiya davlatidan, Saudiya Arabistonidan Umra Hajini amalga oshirib kelgan fuqarolarimizni tekshirish jarayonida bitta oiladan 5 kishi, yana bir oiladan bir kishida - jami olti kishida ushbu kasallik alomatlari aniqlandi. Ularning bir nafari - 72 yoshli onaxonimiz ushbu virus natijasida olamdan o‘tdilar".

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu onaxonning qizi Saudiya Arabistoniga Umra safariga Turkiya orqali borgan va u yerdan 12 mart kuni qaytib kelgan. An’anaga ko‘ra, Umra yoki Haj safaridan qaytgan kishini yaqin qarindoshlari va oila a’zolari kelib ko‘radi. Hokimning aytishicha, ayol 231 nafar kishi bilan muloqotda bo‘lgan.

Natijada, ushbu oilaning besh nafar a’zosi, shu jumladan, Saudiya Arabistoniga borgan ayolning o‘zi ham, koronavirusga chalingan. Ular orasida vafot etgan onaxon, opasi, qizi (maktab o‘quvchisi) va nabirasi bor. Hozirda boshqa qarindoshlar tekshirilmoqda.

O‘zbekiston Hukumati 24 fevral sanasidan Saudiya Arabistoniga borishni vaqtincha taqiqlagan edi.

Hozirda ayolning barcha qarindoshlari karantinga olingan. Ularning birontasi 72 yashar onaxonning dafn marosimida ishtirok eta olmaydi. Onaxonni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari dafn etishdi.

"Mana sizga natija. Birinchidan, kasallikning yuqishi, ikkinchidan o‘lim holati, uchinchidan, onaxonni so‘nggi manzilga uning oila a’zolari kuzatmagani. Men o‘ylaymanki, bu Namangan aholisiga juda qattiq ta’sir qildi. Shaxsan menga bu juda qattiq ta’sir qildi", - dedi hokim.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 104 kishini tashkil qilmoqda, ularning 2 nafari vafot etgan.

Kiritildi: 23:17 28.03.2020. O'qildi: 4576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!