Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

«Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda ham to‘xtab o‘tadi

A A A
«Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda ham to‘xtab o‘tadi

2025 yildan «Afrosiyob»ning Kattaqo‘rg‘on bekati tashkil etiladi, deb xabar beradi Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, «Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori prezident qarori bilan tasdiqlangan «Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi»da ushbu bekat faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Transport vazirligi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga 2025 yilda «Afrosiyob» poyezdining Toshkent—Buxoro yo‘nalishida Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini hamda Samarqand—Kattaqo‘rg‘on elektr poyezdi yo‘nalishlarini tashkil etish vazifalari topshirilgan.

Shuningdek, Bulung‘ur—Samarqand shahri—Juma—Kattaqo‘rg‘on shahri yo‘nalishida elektr poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Buning uchun zamonaviy poyezd vagonlari olib kelish, oraliq to‘xtash temiryo‘l bekatlari infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:22 04.01.2025. O'qildi: 1478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!