19 noyabr kuni 770-sonli «Afrosiyob» poyezdining 8-vagonida yo‘lovchilardan birining sumkasi qolib ketgani aniqlandi.
Sumka xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ichida hamyon, bank kartalari va pul mablag‘lari borligi ma’lum bo‘lgan. Inspektor va poyezd xodimlari surishtiruvi natijasida uning Turkiya fuqarosiga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.
Sumka barcha shaxsiy buyumlar va pul mablag‘lari bilan birga egasiga to‘liq qaytarilgan.