Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Afrikada 13 kishi eboladan vafot etdi

Afrikada 13 kishi eboladan vafot etdi

Afrikaning ikki mamlakati — Gvineya va Kongo Demokratik Respublikalarida ebolaga chalinganlar soni 29 nafarni tashkil etib, bundan 13 nafari vafot etdi. Bu haqda «Xinxua» agentligi xabar berdi.

Afrika Ittifoqi ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash agentligining ma’lum qilishicha, ushbu mamlakatlarda o‘lim darajasi 45 foizni tashkil etmoqda.

«Kongoda ebolaga chalinishning 11 ta holati aniqlandi, to‘rt kishi vafot etdi, ikki nafari davolandi. Gvineyada esa 18 kishida ushbu xastalik tasdiqlandi, to‘qqiz kishi vafot etdi, ikki kishi cog‘aydi»,— deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, G‘arbiy Afrikada ebola virusi tarqalishi natijasida 2014-2016 yillarda 11 300 dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan, 28 600 dan ortiq kishi uni yuqtirib olgan

Kiritildi: 11:27 08.03.2021. O'qildi: 1506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!