Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Afg‘onistonlik nashafurushlar Tojikiston fuqarosi uchun pul talab qilmoqda

Afg‘onistonlik nashafurushlar Tojikiston fuqarosi uchun pul talab qilmoqda

Afg‘onistonlik narkotik moddalar sotuvchilari tojikistonlik cho‘pon To‘raxon Nurmatovni ozod qilish uchun 40 ming dollar talab qilishmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston, TojikTA xabariga asosan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi yo‘qolib qolgan fuqaro T. Nurmatovni qidirish ishlari hozircha muvaffaqiyatga olib kelmaganini va ayni damda ushbu muammoni hal qilishda Afg‘oniston chegara qo‘shinlari yordam berishga urinayotgani ta’kidlashdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, T. Nurmatov Mishkoron qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida cho‘pon bo‘lib ishlagan. Biroz oldin u fuqaro narkotik moddalari kontrabandasida ayblanib qamalgan, uning yonidan topilgan narkotik moddalar esa musodara qilingan.

Shundan so‘ng afg‘onistonlik nashafurushlar o‘zlarining yo‘qolgan tovar i evaziga aybsiz cho‘ponni o‘g‘irlab ketishgan. Ayni damda Tojikiston fuqarosi Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida sog‘-omon saqlanayotgani aytilgan.

Kiritildi: 13:10 20.01.2019. O'qildi: 1861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!