Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Afg‘onistonda ayollar tibbiy yordamdan mahrum bo‘lmoqda

Afg‘onistonda ayollar tibbiy yordamdan mahrum bo‘lmoqda

Afg‘onistonda ayollar tibbiy yordamdan mahrum bo‘lmoqda, — The Guardian.

Nashr yozishicha, «Tolibon» erkak shifokorlarga ayollarni qabul qilishni taqiqlagan. 2024 yildan buyon esa ayol tibbiyot xodimlari tayyorlanmayapti va ishga qabul qilinmayapti.

Ma’lum qilinishicha, ayrim viloyatlarda ayol bemorni ayol tibbiyot xodimi yoki erkak vasiysiz ko‘rikdan o‘tkazishmaydi. Balx viloyatida esa ayollarga ismi bilan murojaat qilish taqiqlangan — reseptlarda ular «bibi» so‘zi bilan qayd etiladi.

Natijada ayollar hatto shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan holatlarda ham davolanish imkoniyatidan mahrum qolmoqda.

Kiritildi: 20:10 15.11.2026. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik