Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Afg‘oniston va Pokiston chegara kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Afg‘oniston va Pokiston chegara kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Afg‘oniston va Pokiston chegara kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi.

TOLO News telekanali xabariga ko‘ra, taxminan soat 1.30da Pokiston kuchlari Afg‘onistonning Pokiston bilan chegaradosh Xost viloyatidagi Alisher tumaniga raketa hujumi uyushtirgan. Afg‘onistonning javob harakatlaridan so‘ng harbiy mojaro avj oldi va mahalliy vaqt bilan soat 5.00gacha davom etdi.

To‘qnashuv natijasida ko‘plab oilalar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, halok bo‘lganlar va yaradorlar haqida ma’lumot yo‘q.

24 dekabr kuni Pokiston harbiy samolyotlari "Pokiston Tolibon lagerlarini nishonga olgani"ni aytib, Afg‘onistonning Paktika viloyatining ayrim chegaradosh hududlariga havo hujumlarini amalga oshirdi.

O‘z navbatida, Afg‘oniston hukumati o‘z bayonotida ushbu hujumlar natijasida kamida 46 tinch aholi jarohatlanganini, ularning aksariyati bolalar va ayollar ekanligini ta’kidladi.

Ushbu hujumlarga javoban afg‘on kuchlari 28 dekabr kuni Pokiston hududiga hujum qilib, 19 nafar pokistonlik askarni o‘ldirganini da’vo qildi.

Kiritildi: 20:02 03.01.2025. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!