Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Afg‘oniston Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazmaydi

Afg‘oniston Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazmaydi

Afg‘oniston futbol federasiyasi matbuot xizmati rahbari Firuz Mashuf terma jamoaning Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

«Bizning Federasiya yoki Rossiya tomonida qanday maqsad bo‘lmasin, yaqin orada Afg‘oniston va Rossiya o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishning imkoni yo‘q.

Ayni paytda terma jamoamizda bosh murabbiy yo‘q. O‘tgan oyda murabbiy shartnomani bekor qilib, Gonkongga ishlash uchun ketdi. Shuning uchun dastlab biz yangi mutaxassis topishimiz kerak. Shunda o‘rtoqlik o‘yinini tashkil etishning imkoni bo‘ladi.

Hozirda murabbiy yo‘qligidan tashqari, Afg‘oniston futboli achinarli ahvolda. Hozirgi vaziyat tufayli FIFA Afg‘oniston futboliga pul ajratmayapti. Na menejment, na rahbariyat, na futbolchilar moliyalashtirilmayapti. Hech qayerda pul yo‘q. Aynan shu sababli Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini tashkil etishning imkoniyati yo‘q», – dedi Mashuf.

Ma’lumot o‘rnida. Rossiya oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazmadi. Jamoa noyabr oyida Suriya va Bruney bilan o‘rtoqlik uchrashuvi borasida kelishuvga erishgan.

Kiritildi: Bugun 10:33. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!