Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Adolat” partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning harakatlari bo‘yicha bayonot berdi

“Adolat” partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning harakatlari bo‘yicha bayonot berdi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan jurnalistlar haqidagi haqoratli so‘zlari va tahdidi “Adolat” sosial-demokratik partiyasi tomonidan inson huquqlari va uning sha’ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilishi deb hisoblaydi. Bu haqida partiyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Keyingi uch yilda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash, jumladan, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarga e’tibor o‘zgardi.

Chunonchi, mamlakatda so‘z erkinligi qo‘llab-quvvatlanyapti, sohaning chinakam “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilishiga erishilmoqda. OAVni rag‘batlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ayni pallada ayrim rahbarlarning, xususan, ijro hokimiyati mutasaddilarining ushbu kasb vakillariga nisbatan bunday munosabati kishini jiddiy o‘ylantiradi.

Nega ba’zi mansabdorlar o‘z faoliyatida OAVga suyanishning o‘rniga bepisandlik bilan yondashmoqda?

Nima sababdan avvalgi ba’zi mutasaddilarning “hurmacha” qiliqlaridan poytaxt hokimi J.Ortiqxo‘jayev to‘g‘ri saboq chiqarmadi?

Hokimning og‘zidan yangragan so‘zlar nafaqat jurnalist yoki bloger, balki eshitgan har bir quloq uchun og‘ir botadi. Inson huquqlari ustuvor jamiyatda bu holatni qanday hazm qilish mumkin?

Ushbu holatga Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan himoyaviy chora kutib qolamiz.

Shuningdek, jurnalist va blogerlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlanishidagi hissasini hamda jamiyatimizda adolatni o‘rnatishdagi faolligini e’tirof etgan holda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘rilishini so‘raymiz." - deyilgan partiya bayonotida.

Kiritildi: 07:20 17.11.2019. O'qildi: 3331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!