Rossiya Federasiyasi tarkibidagi Adigeya Respublikasining Enem shahar tipidagi qo‘rg‘onida xayriya hisobiga bunyod etilgan ilk masjid ochildi.
To‘rt minoradan iborat mazkur masjidning xonaqohida bir paytning o‘zida 300-400 kishi namoz o‘qishi mumkin, deyiladi Islam.ru xabarida.
Masjidning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, u nafaqat mahalliy aholiga, balki M4 trassasidan o‘tadigan yo‘lovchilarga ham qulaylik yaratadi.
Manba: muslim.uz