Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi

Abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi

Bir guruh abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berdi. Bu haqda advokat Muxriddin Shamsiddinov ma’lum qildi.

«Joriy yil iyul oyida yuridik yo‘nalishlarga imtihon topshirgan abituriyentlarga moddalar sanksiyalaridan (qancha jarima belgilangan, necha yilga «qamaladi» kabi) savollar tushgan. Universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlashni qatiy man etardi. Ya’ni biz umuman sanksiya yodlamasdik. Chunki birinchidan, yodlashni umuman imkoniyati yo‘q, ikkinchidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bo‘lmaydi», deb yozdi advokat.

Shamsiddinov advokat sifatida ishga kirishganini ma’lum qildi. Ish Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Avvalroq, huquqshunoslik fanidan test yechgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tavsiya etmagan qonun va kodekslardan savol-topshiriqlar tushgani bo‘yicha shikoyat qilgan edi.

Bunga javoban Bilim va malakalarni baholash agentligi tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini o‘z saytiga avvaldan joylashtirganini ma’lum qilgan. Amaldagi davlat ta’lim standatlari va o‘quv dasturlaridan chetga chiqish holatlari bo‘lmaganini ta’kidlagan. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev esa agentlikning bu bayonotini «yolg‘on va safsata» deb atagandi.

Kiritildi: 22:55 11.10.2024. O'qildi: 1542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!